date

Daryolar qurimoqda – dalalar xavf ostida

Daryolar qurimoqda – dalalar xavf ostida

Shotlandiyaning Aberdinshir hududidagi Deveron daryosi so‘nggi 50 yil ichida eng past darajaga tushib qoldi. Mutaxassislar bu vaziyatni jiddiy xavf sifatida baholab, suvdan foydalanishga cheklovlar qo‘ydi.

Endi qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari tabiatdan suv olishni kamaytirishi shart bo‘ladi. Bunday qaror daryoni, atrof-muhitni va u bilan bog‘liq hayotni himoya qilish uchun qabul qilindi.

Mutaxassislarning aytishicha, bu holat iqlim o‘zgarishlari natijasida yuzaga kelmoqda. Agar yaqin kunlarda kuchli yomg‘ir yog‘masa, Sharqiy Shotlandiyadagi boshqa daryolar ham xavf ostida qolishi mumkin.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Shotlandiyaning sharqiy qismidagi suv omborlari odatdagidan ancha past darajada — 56 foiz ko‘rsatkichda. Bu esa aholiga, fermerlarga va tabiiy muhitga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Mutasaddilar cheklovlar vaqtincha ekanini bildirgan. Sharoit yaxshilangach, ular bekor qilinadi. Ammo hozircha odamlar suvdan imkon qadar tejab foydalanishga chaqirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daryolar qurimoqda – dalalar xavf ostida