AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muammolar hal etilmasa, Moskvaga nisbatan “iqtisodiy urush” boshlashga tayyorligini aytdi.
Oq uyda o‘tgan yig‘ilishda u bu masala yuzasidan jurnalistlarning savollariga javob berdi. Trampning ta’kidlashicha, u Uchinchi jahon urushiga yo‘l qo‘ymaydi.
“Men bu jarayonni to‘xtatish tarafdoriman. Bu global urushga aylanmaydi, ammo iqtisodiy urush bo‘ladi. Bu esa juda og‘ir jarayonga aylanishi mumkin, Rossiya uchun ham katta salbiy oqibatlar keltiradi. Lekin men bunday holatni istamayman”, — dedi prezident.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar