date

Misrda yo‘lovchi poyezd halokatida 3 kishi vafot etdi

Misrda yo‘lovchi poyezd halokatida 3 kishi vafot etdi

Misrda yana bir yo‘l-transport fojeasi yuz berdi. Shimoldagi Matruh viloyati hududida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdining bir nechta vagonlari relsdan chiqib ketdi. Kutilmagan bu halokat oqibatida uch nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 54 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati oldi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy bayonotida qayd etilishicha, poyezd Iskandariya shahridan Mersa-Matruh yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda fojea sodir bo‘lgan. Bir nechta vagon ag‘darilib, temir yo‘ldan chiqib ketgan. Oqibatda o‘nlab odamlar shifoxonalarga yetkazilgan va ularning sog‘lig‘ini tiklash uchun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Fojeadan keyin mamlakat rahbariyati favqulodda yig‘ilishga chaqirdi. Misr bosh vazirining sanoat va transport bo‘yicha o‘rinbosari Kamel al-Vazir maxsus komissiya tuzishni buyurdi. Ushbu qo‘mita halokatning asl sabablarini aniqlab, aybdorlarga nisbatan qonun doirasida maksimal jazo choralarini qo‘llashi kutilmoqda.

Hodisa mamlakat aholisi va jamoatchiligi orasida katta tashvish uyg‘otdi. Ayniqsa, yo‘lovchi poyezdlari orqali har kuni minglab odamlar qatnaydiganini inobatga olganda, bunday halokatlar xavotirli holat sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrda yo‘lovchi poyezd halokatida 3 kishi vafot etdi