date

Trampning sirli surati: Q+ belgisi va keskin shiorlar

Trampning sirli surati: Q+ belgisi va keskin shiorlar

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social platformasida noodatiy fotosuratni e’lon qildi. Rasmda Oq uy rahbari Yer shari manzarasi fonida tasvirlangan bo‘lib, uning chap qo‘li ustida “Q+” belgisi aks etgan.

Surat ustiga “Dunyo tez orada anglaydi. Kelayotgan jarayonni hech narsa to‘xtata olmaydi”, degan yozuv ham joylangan. Biroq Tramp ushbu postning aslida nimaga ishora qilayotganini ochiqlamadi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, fotosuratdagi iboralar va “Q+” ramzi Qanon harakatining shiorlariga yaqin. Mazkur konspirologik g‘oya tarafdorlari dunyoni go‘yo Demokratik partiyaning iblisga sig‘inadigan va pedofiliya bilan shug‘ullanuvchi siyosiy elita nazorat qiladi, deb ishonishadi. Ularning nazariyasiga ko‘ra, Tramp AQSH harbiy rahbariyati taklifi bilan aynan shu tuzilmaga qarshi kurash olib borayotgan shaxs sifatida ko‘riladi.

Qizig‘i shundaki, bu post Trampning vafoti haqida tarqalgan xabarlar ortidan, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining ilk kunida e’lon qilindi. Shu bois siyosiy doiralarda ham, ommaviy axborot vositalarida ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Muttaxassislar fikricha, Trampning ushbu sirli postini ayrimlar siyosiy signal sifatida baholashi mumkin. Biroq aniq ma’nosi va qaysi maqsad bilan e’lon qilingani hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning sirli surati: Q+ belgisi va keskin shiorlar