date

Britaniya qiroli va qirolichasi O‘zbekiston mustaqilligi bilan tantanali tabrikladi

Britaniya qiroli va qirolichasi O‘zbekiston mustaqilligi bilan tantanali tabrikladi

Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III va qirolicha Kamilla O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda butun xalqimizga Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklar yo‘lladilar.

Britaniya monarxi o‘z maktubida O‘zbekistonning davlat suverenitetini qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash borasidagi intilishlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Men va rafiqam Siz Janobi Oliylariga va O‘zbekiston xalqiga Mustaqillik kuningiz munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo‘llashdan mamnunmiz», — deyiladi qirol tomonidan yo‘llangan tabrik maktubida.

Charlz III O‘zbekistonni Buyuk Britaniya uchun muhim hamkor sifatida baholar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv, hurmat va ishonch ruhidagi munosabatlar kelgusida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya qiroli va qirolichasi O‘zbekiston mustaqilligi bilan tantanali tabrikladi