AQSH prezidenti Donald Tramp Falastinning HAMAS harakatidan 20 nafar isroillik garovga olinganlarni darhol ozod etishni qat’iy talab qildi.
Amerika yetakchisi bu haqda shaxsan Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan.
“HAMASga aytib qo‘ying, garovdagi 20 kishining barchasini (2 yoki 5 yoki 7 emas, aynan hammasini!) zudlik bilan qaytarsin va vaziyat keskin o‘zgaradi. Urush tugaydi!” – deb ta’kidladi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida yana jang harakatlarini boshlab, anklav hududiga yirik zarbalar berdi. Bu bilan yanvar oyida e’lon qilingan sulh rasman buzildi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi operatsiya maqsadini izohlar ekan, bunga Falastin HAMAS harakatining vositachilar va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff orqali taqdim etilgan takliflarni rad etgani sabab bo‘lganini qayd etdi.
Izohda ta’kidlanishicha, amalga oshirilgan harbiy harakatning asosiy maqsadi — barcha garovga olingan shaxslarni ozod etish edi.
HAMAS esa, o‘z navbatida, jang harakatlarining qayta boshlanishiga Isroil va AQSHni ayblab chiqdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!