Joriy yilning 1-sentyabridan boshlab Fransiya hukumatining barcha vazirliklari va davlat idoralari xavfsiz davlat tezkor xabar almashish xizmati Tchapdan muntazam foydalanishga majbur etildi.
— Bu qaror xavfsizlik va davlat suverenitetini saqlashning imperativ talabidir, — deb yozdi Le Figaro nashri.
Tchap xizmatining nomlanishi XVIII asrda ilk optik aloqa usullaridan birini ixtiro qilgan mashhur fransuz muhandisi Klod Shappaga hurmat ramzi sifatida berilgan. Bu qadam, shuningdek, texnologiya tarixiga nisbatan hurmat ko‘rsatishdir.
Shu dushanbadan boshlab, Fransiyadagi barcha davlat xizmatchilari va davlat idoralari, shu jumladan vazirlik xodimlari ham, professional yozishmalar va rasmiy aloqa uchun faqat xavfsiz Tchap tezkor xabar almashish platformasidan foydalanishi majburiy qilib qo‘yildi.
Shu tariqa, WhatsApp, Signal va Telegram kabi ommaga mo‘ljallangan va ijtimoiy messenjerlar rasmiy xizmatlar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu qaror davlat aloqa tizimining xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
— Keng ommaga mo‘ljallangan asosiy lahzali xabar almashish ilovalari kundalik muloqotimizda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, ushbu raqamli vositalar xavfsizlik nuqsonlaridan xoli emas, — deb ta’kidladi Bosh vazir Fransua Bayru tomonidan yozilgan yoz oylaridagi rasmiy sikulyarda.
Matn barcha davlat xizmatchilaridan, shu jumladan vazirlik xodimlaridan, Idoralararo raqamli boshqarma (DINUM) tomonidan ishlab chiqilgan Tchap ilovasini o‘z qurilmalariga o‘rnatish va muntazam foydalanishni talab qiladi. Bu qadam davlat aloqalarini zamonaviy va xavfsiz texnologiyalar orqali olib borishni ta’minlashga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!