3 sentyabr kuni tongdan keyin Rossiya qo‘shinlari Donesk viloyatining Konstantinovka shahriga navbatdagi zarbani berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida to‘qqiz inson halok bo‘ldi, yana yetti nafar fuqaro turli darajada jarohat oldi, deb xabar berdi Ukrinform.
Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkinning ta’kidlashicha, ertalab shahar stvolli artilleriyadan uqqa tutilgan. Natijada 44 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan sakkiz kishi jon berdi, olti kishi yarador bo‘ldi. Zarbadan ikki ko‘p qavatli uy, bir xususiy turar joy, do‘kon, savdo markazi va bozordagi beshta pavilon zarar ko‘rgani aytildi.
Shu bilan birga, dushman ikki marta fuqarolik avtomobillarini FPV-dronlar orqali nishonga olgani qayd etildi. Bu hujumlar oqibatida 36 yoshli ayol halok bo‘ldi, yana bir kishi tan jarohati oldi.
Viloyat prokuraturasi ma’lumoticha, qurbonlar uylarida, ko‘chada va do‘kon ichida bo‘lgan paytda zarba berilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, baholash ishlari davom etyapti.
«Tinch aholiga qarshi bunday urinishlar alohida holat emas — bu qasddan, maqsadli amalga oshirilayotgan taktika. Iltimos, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang, imkoni boricha tezroq evakuatsiya qiling», deya murojaat qildi Vadim Filashkin. Uning so‘zlari Telegram orqali e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, rasmiy ma’lumotlar yangilanishi mumkin. Shuningdek, 4 sentyabr kuni Konstantinovkadagi shifoxona va yaqin Ilinovka qishlog‘iga havo bombalarini tashlash natijasida yana ikki fuqaro halok bo‘lgani haqida alohida xabar berildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!