Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma’lum qilishicha, Donald Tramp, Vladimir Zelenskiy va “xohlovchilar koalitsiyasi” ishtirokida o‘tgan videokonferensiyadan so‘ng 26 davlat Ukraina hududi xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shin joylashtirish majburiyatini olgan.
“Ukrainada otashkesim yoki tinchlikka erishilgandan keyingina mazkur davlatlar rasman quruqlikda, dengizda yoki havoda o‘z hozirligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, yana bir qator mamlakatlar hali o‘z pozitsiyalarini muhokama qilmoqda”, — dedi Makron.
Shuningdek, Italiya va Polsha bosh vazirlari Ukrainada tinchlik o‘rnatilgandan keyin ham qo‘shin yubormasligini alohida ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar