date

Qozog‘istonda go‘sht eksportiga yangi kvota belgilandi

Qozog‘istonda go‘sht eksportiga yangi kvota belgilandi

Qozog‘iston hukumati qoramol go‘shti eksporti uchun maxsus kvota joriy etishini ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu qarorning asosiy maqsadi ichki bozorda go‘sht narxlarining keskin ko‘tarilishining oldini olish va aholini yetarli miqdorda mahsulot bilan ta’minlashdan iborat.

Shu bilan birga, belgilangan kvotalar yirik ishlab chiqaruvchilarga amaldagi shartnomalar bo‘yicha yetkazib berishni davom ettirish va tashqi bozorlarda o‘z pozitsiyalarini saqlab qolish imkonini taqdim etadi.

Hukumat matbuot xizmati ta’kidlashicha, bunday choralar mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda go‘sht eksportiga yangi kvota belgilandi