Turkiya jamoatchiligini larzaga solgan mudhish jinoyat haqida xabarlar tarqaldi. Istanbul shahrida prokuror Erjan Kayhan pichoqlanib halok bo‘ldi. Hodisa mahalliy matbuotda keng yoritildi va mamlakat bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Sabah gazetasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatda gumonlanayotgan 19 yoshli Mustafo Jon Gul hibsga olindi. U qotillik sodir etilgan zahoti qo‘lga olingan va tezkor tartibda so‘roq qilingan. Sud qarori bilan yigit qamoqqa yuborildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki yil avval Mustafo Jon Gul qotillik sodir etilgan restoranda ofitsiant sifatida ishlagan. U yerga tez-tez tashrif buyurib turgan prokuror Erjan Kayhan bilan tanish bo‘lgan. Oradan vaqt o‘tgach, ular o‘rtasida sabablari ochiqlanmagan nizo kelib chiqqan.
Tergovchilarning aytishicha, bu mojaro ortidan yigitning qasos olish niyatida bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Shundan so‘ng u prokurorga pichoq bilan hujum qilib, uning hayotiga nuqta qo‘ygan.
Jinoyatchining o‘tmishi ham jamiyat e’tiborini tortdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mustafo Jon Gul avval ham qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan. U ayollarga nisbatan zo‘ravonlik qilish, uy-joy daxlsizligini buzish va doimiy ta’qib qilish kabi qilmishlari uchun javobgarlikka tortilgan.
Yigit 2024 yil 9 noyabrdan 2025 yil 15 yanvarga qadar Maltepe qamoqxonasida jazo o‘tagan. Shundan keyin ozodlikka chiqqani, ammo jinoiy yo‘ldan chekinmagani ma’lum bo‘ldi.
Istanbul politsiyasi va prokuratura idorasi bu hodisani qattiq qoralab chiqdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bu qotillik Turkiyadagi huquq-tartibot tizimi va adliya organlari uchun jiddiy sinov ekanini ta’kidlashmoqda.
Turkiyada prokurorni 19 yoshli yigit pichoqlab o‘ldirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar