date

Zelenskiy Putin taklifini qabul qilmasligini yana bir bor ta’kidladi

Zelenskiy Putin taklifini qabul qilmasligini yana bir bor ta’kidladi

Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy yana bir bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada uchrashish niyati yo‘qligini ochiq bildirdi. Uning aytishicha, Putin muzokaralarni kechiktirish uchun barcha usullardan foydalanmoqda.

«Amerikalik sheriklarimiz bizga Putin meni Moskvaga taklif qilganini aytdi. Ammo menimcha, agar uchrashuv o‘tmasligini istasangiz, meni aynan Moskvaga chaqirishingiz kerak», — dedi Zelenskiy 4-sentyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan «ko‘ngillilar koalitsiyasi» sammiti yakunlaridan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, uchrashuvning o‘zi «zarur», biroq hozircha Rossiya tomoni vaqtni cho‘zish bilan band. Shu bilan birga, u Putinning bunday uchrashuv haqida fikr bildirishini yomon holat emas, balki muzokara ehtimolini jonlantiruvchi jihat sifatida baholadi.

Eslatib o‘tamiz, 3 sentyabr kuni Vladimir Putin Zelenskiy bilan ehtimoliy muloqot haqida so‘zlab, «agar u tayyor bo‘lsa, Moskvaga kelsin», degandi. Biroq Rossiya rasmiylari avvalroq bunday yuzma-yuz uchrashuv faqat muzokara jarayonining so‘nggi bosqichidagina amalga oshishi mumkinligini bir necha bor urg‘ulagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Putin taklifini qabul qilmasligini yana bir bor ta’kidladi