Sidneyda katta akula hujumi oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. U Long Reef plyajida do‘stlari bilan cho‘milayotgan paytda hujumga uchradi. Qutqaruvchilar uni qirg‘oqqa olib chiqqan bo‘lsa-da, hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Jabrlanuvchi atigi yarim soat suvda bo‘lgan, hujum esa qirg‘oqdan 100 metr uzoqlikda sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Hodisa ortidan Shimoliy plyajlar hududidagi bir nechta mashhur sohillar yopildi. Mutaxassislar plyajlar 24 dan 72 soatgacha yopiq qolishini kutmoqda. Politsiya esa aynan qaysi turdagi akula hujum qilganini aniqlashga urinmoqda.
Sidneyda oxirgi marotaba o‘limga olib kelgan akula hujumi 2022-yilda qayd etilgan edi. Avstraliyada esa yiliga o‘rtacha 20 ta shunday holat sodir bo‘ladi. Bu voqea yana bir bor mamlakatda akulalar xavfini eslatib qo‘ydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!