date

Rossiyadagi ayanchli YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

Rossiyadagi ayanchli YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

5-sentyabr kuni Tataristonning Zayinsk tumanida yuz bergan YTH natijada uch kishi halok bo‘ldi. Kun.uz manbalariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Tatariston prokuraturasi yo‘l-transport hodisasi Naberejniy Chelni–Olmetevsk yo‘lining 38-kilometrida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Nexia yengil avtomobili noma’lum sababga ko‘ra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, MAN yuk mashinasi bilan yuzma-yuz to‘qnashgan.

«Zarb kuchi shunchalik kuchli bo‘lganki, yengil mashina deformatsiyaga uchrab, temir massasiga aylangan. Avtomobil haydovchisi va ikki yo‘lovchi olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan», deyiladi mahalliy OAVlar tarqatgan xabarda.

Hodisa yuzasidan hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. Prokuratura jarayonni o‘z nazoratiga olgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi konsulligi YTH natijasida O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi voqea joyida vafot etganini tasdiqladi.

«Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olinib, zarur jarayonlari tugatilganidan so‘ng jasadlarni Migratsiya agentligi hisobidan O‘zbekistonga yuborish rejalashtirilgan”, deyiladi konsulxona Kun.uz’ga taqdim qilgan ma’lumotda.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH oqibatida 35, 33 va 30 yoshli, asli Namangan viloyatida yashovchi yosh yigitlar vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi ayanchli YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi