date

Yaman hududining 96 foizida vabo epidemiyasi kuzatilmoqda

Yaman hududining 96 foizida vabo epidemiyasi kuzatilmoqda

Yaman Respublikasida inson salomatligi uchun jiddiy tahdid hali ham davom etmoqda. Mamlakatda vabo kasalligi nazoratdan chiqib, aholi orasida keng tarqalmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Yamandagi vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur kasallik “jahon tarixidagi eng og‘ir epidemiyalardan biri” sifatida e’tirof etilgan va mamlakat hududining 96 foizi bu vabo bilan qamrab olingan. Yanvardan iyul oyining o‘rtalarigacha 50 mingdan ortiq shubhali infeksiya holatlari ro‘yxatga olingan, shuningdek, 149 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Shifokorlar va tibbiyot mutaxassislarining ta’kidlashicha, AQSH va uning hamkor davlatlari tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalari hamda insonparvarlik yordamining uzilishlari sababli bemorlarga samarali tibbiy yordam ko‘rsatish murakkablashgan. Mamlakatdagi kasalxonalarning uchdan bir qismi yopilgan, aholining qariyb 80 foizi xorijiy yordamga tayanadi, shuningdek, ularning yarmidan ko‘pi AQSHdan keladi. Infratuzilmaning buzilishi va dori-darmon taqchilligi tufayli hatto oddiy davolash talab qiladigan holatlar ham foҷiaviy oqibatga olib kelmoqda.

Mutaxassislar aholiga doimo toza suvdan foydalanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish va kasallik alomatlari paydo bo‘lganda darhol tibbiy muassasalarga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda. Ushbu choralar bemorlarning sog‘lig‘ini saqlash va epidemiya tarqalishini pasaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaman hududining 96 foizida vabo epidemiyasi kuzatilmoqda