Buyuk Britaniya hukumati noqonuniy muhojirlarni vaqtincha joylashtirish muammosini yechish maqsadida keskin qadam tashlash arafasida turibdi. Mamlakat rasmiylari muhofaza etilmagan muhojirlarni, ularning boshpana so‘rovlari ko‘rib chiqilayotgan vaqtda, sobiq harbiy bazalarga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Britaniyaning mashhur The Daily Telegraph nashri o‘z manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
Yangi hukumat tomonidan qabul qilinishi kutilayotgan ushbu tashabbuslar mamlakatdagi muhojirlar siyosatini yanada shiddat bilan o‘zgartirishga qaratilgan. Ushbu vazifa yaqinda, 5 sentyabr kuni ichki ishlar vazirligi rahbarligiga tayinlangan Shabana Mahmud zimmasiga yuklatilgan. U bosh vazir Kir Starmerning hukumat tarkibidagi yangilanishlaridan so‘ng o‘z faoliyatini boshladi.
Rejaga ko‘ra, sobiq harbiy hududlardan foydalanish orqali mehmonxonalarda yashab kelayotgan muhojirlarni boshqa manzilga ko‘chirish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda mehmonxonalarda muhojirlarni saqlash xarajatlari mamlakat budjetida katta sarflarga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, aholi orasida ko‘payib borayotgan norozilik kayfiyatini keltirib chiqarmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat Londonga yaqin joylashgan Esseks va Kent grafliklarida joylashgan ikki sobiq harbiy bazani muhojirlar uchun moslashtirish niyatida. Bu bazalar avvalgi konservativ hukumat davrida muhojirlarni qabul qilish markazi sifatida ko‘rib chiqilgan, biroq o‘sha paytda huquq faollari tomonidan qattiq tanqidga uchragan. Ular bunday obyektlarni inson qadrini kamsituvchi va qamoqxonaga o‘xsho‘vchi maskanlar deb baholagan.
Buyuk Britaniya muhojirlar uchun harbiy bazalarni ochmoqchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar