date

AQSH va Yevropa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

AQSH va Yevropa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

AQSH Rossiyani muzokaralar stoliga olib chiqish uchun Yevropa bilan hamkorlikda yangi iqtisodiy cheklovlar joriy etishi mumkin. Bu haqda AQSH moliya vaziri Skott Bessent NBC telekanaliga bergan suhbatida ma’lumot berdi.

Bessentning ta’kidlashicha, AQSH va Yevropa Ittifoqining birgalikdagi iqtisodiy bosimi Moskva uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirishi va uni muzokaralar jarayoniga majbur qilishi ehtimoldan xoli emas.

Uning fikricha, Yevropa sanksiyalar masalasida Vashington tajribasidan ilhom olishi lozim. Shu orqali ikki tomonlama bosim yanada samarali bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, AQSH avvalroq Rossiya neftini xarid qilayotgani sababli Hindistonga nisbatan qo‘shimcha bojlar qo‘llagandi.

Bild va Reuters manbalari xabar berishicha, 4-sentyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvda ulardan Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatishni qat’iy talab qilgan.

Bu vaziyat Rossiya iqtisodiyotiga yana bir bosim sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, yangi sanksiyalar orqali G‘arb Moskvadan pozitsiyasini o‘zgartirishni kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Yevropa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda