date

AQSHda ikki kishi Powerball jekpotida omad kulib,milliarder bo‘ldi

AQSHda ikki kishi Powerball jekpotida omad kulib,milliarder bo‘ldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkaziladigan Powerball lotereyasi yana bir bor tarixga kirdi. Missuri va Texas shtatlarida yashovchi ikki nafar fuqaro yirik jekpot g‘olibi bo‘ldi. Ular taqsimlab oladigan umumiy mukofot summasi 1,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu raqam Amerika tarixidagi eng yirik lotereya yutuqlaridan biri sifatida qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir g‘olib olgan ulushi uchun ikki xil variantdan birini tanlash huquqiga ega: yo 893,5 million dollar miqdoridagi annuitet to‘lovini 30 yil davomida oladi, yoki 410,3 million dollar miqdoridagi bir martalik naqd to‘lovni qo‘lga kiritadi. Bir martalik to‘lovda soliqlar ushlab qolinadi, annuitetda esa yilma-yil to‘lov amalga oshiriladi.

Moliyaviy tahlilchilarning ta’kidlashicha, ko‘pchilik g‘oliblar ko‘p yillik to‘lovlar o‘rniga naqd pulni darhol olishni ma’qul ko‘radi. Sababi, bu yo‘l orqali g‘oliblar pullarini sarmoya qilish yoki shaxsiy ehtiyojlariga sarf etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ikki kishi Powerball jekpotida omad kulib,milliarder bo‘ldi