AQSh Oliy sudi prezident Donald Trampning immigratsiya siyosatini yana qo‘llab-quvvatladi. Sud Janubiy Kaliforniyada agentlarning odamlarni tashqi ko‘rinishi yoki tiliga qarab to‘xtatishi va tekshirishiga yo‘l ochdi. Bu qaror immigrantlar jamoalari orasida keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Sud qarori bilan ilgari chiqarilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi. Unga ko‘ra, odamlarni “asosli gumon”siz to‘xtatish taqiqlangan edi. Endi esa Tramp ma’muriyati ko‘chma patrullarni davom ettirishini bildirdi.
Huquq himoyachilari bunday tartib konstitutsiyaga zid ekanini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, fuqarolar teri rangi yoki tiliga qarab asossiz to‘xtatilmoqda. Ayrim jabrlanganlar esa bu jarayonni “irqchilikka asoslangan deportatsiya” deb atamoqda.
Trampning tarafdorlari qarorni “katta g‘alaba” sifatida ko‘rsatmoqda. Ammo Kaliforniya rasmiylari va huquq tashkilotlari bu siyosatni noqonuniy deb hisoblab, unga qarshi kurashni davom ettirishini bildirishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!