date

Parijda 400-yil oldin yo‘qolgan Rubens asari topildi

Parijda 400-yil oldin yo‘qolgan Rubens asari topildi

Parijdagi qadimiy qasrlardan birida 400-yil oldin yo‘qolgan Rubens asari tasodifan topildi. Bu haqda Franceinfo telekanali rasmiy xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, XVII asrning birinchi choragiga tegishli Piter Pol Rubensning mashhur “Xochdagi Masih” kartinasi 2024-yil sentyabr oyida inventarizatsiya jarayonida aniqlangan. Bu haqda Osenat auksion uyi direktori va auksioneri Jan-Per Osen o‘z fikrlarini bildirib, “Men bu ulkan durdona — ‘Xochdagi Masih’ni inventarizatsiya paytida topib oldim” deb ta’kidladi.

Kartina 1613-yilda yaratilgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda. U Parijning 6-okrugidagi qasrni tekshirish paytida qayta uchragan. Bu kashfiyot san’atshunoslar va tarixchilar uchun katta qiziqish uyg‘otdi. Asar nafaqat estetik qiymatga ega, balki XVII asr san’at tarixi va Rubens ijodining rivojlanishi haqidagi bilimlarimizni ham boyitadi.

Eslatib o‘tsak, bu kabi tarixiy kashfiyotlar avval ham yuz bergan edi. Masalan, O‘rta yer dengizi tubida XVI asrga tegishli cho‘kib ketgan kemaning qoldiqlari topilgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mazkur kema Italiyaning shimoli-g‘arbidagi portdan chiqib, suzib ketgan bo‘lishi mumkin edi. Bu ham shunday tasodifiy kashfiyotlar qatorida san’at va tarixga qiziquvchilar uchun ahamiyatli sanalar qatoriga kirgan.

Rubensning ushbu “Xochdagi Masih” asari butun Yevropa san’atshunoslari va kolleksionerlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu kashfiyot Parij va butun dunyodagi san’at muxlislari uchun katta voqea bo‘lib, tarixiy san’at asarlarini saqlash va tiklash masalalariga e’tiborni yanada oshirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parijda 400-yil oldin yo‘qolgan Rubens asari topildi