date

Dohada Isroil zarbasidan keyin favqulodda sammit chaqirildi

Dohada Isroil zarbasidan keyin favqulodda sammit chaqirildi

Isroilning Qatar poytaxtiga yo‘llagan havo zarbasi ortidan arab va islom dunyosi yetakchilari tezkor ravishda yig‘ilishga qaror qilishdi. Qatar axborot agentligi – QNA tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 14–15-sentyabr kunlari Doha shahrida favqulodda sammit bo‘lib o‘tadi.

Agentlik manbalari ta’kidlaganidek, yakshanba va dushanba kunlari o‘tkazilishi belgilangan yig‘ilishning asosiy maqsadi – Isroilning hujumi yuzasidan atroflicha muhokama o‘tkazish hamda bunga nisbatan yagona munosabat bildirish hisoblanadi.

Kutilmoqdaki, uchrashuvda mintaqadagi xavfsizlik masalalari, tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlar hamda hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Shuningdek, sammitda davlat va hukumat rahbarlari tomonidan vaziyatga oid qo‘shma bayonot qabul qilinishi ehtimol qilinmoqda.

Bu yig‘in nafaqat Qatar poytaxti, balki butun arab va islom olami uchun muhim siyosiy voqea sifatida qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dohada Isroil zarbasidan keyin favqulodda sammit chaqirildi