date

Charli Kirk qotili deb gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Charli Kirk qotili deb gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Amerikada katta rezonans keltirgan Charli Kirkning o‘ldirilishiga aloqador tergov ishlarida muhim burilish yuz berdi. CNN xabariga ko‘ra, 22 yoshli Yuta shtati fuqarosi Tayler Robinson Kirk qotilligida gumonlanib rasman qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, Robinson o‘z qilmishini otasiga tan olgan. Hodisa tafsilotlariga ko‘ra, otasi o‘g‘lini tinchlik bilan taslim bo‘lishga ko‘ndirgan va mahalliy yoshlar jamoatining pastorini yordamga chaqirgan. Pastor esa o‘z navbatida AQSH marshallari bilan bog‘lanib, gumonlanuvchini huquq-tartibot idoralariga topshirishda ishtirok etgan.

CNN tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tayler Robinsonning qo‘lga olinishi haqidagi xabar AQSH prezidenti Donald Trampning intervyusida ham tilga olindi. U Fox News telekanaliga bergan suhbatida “jinoyatchi qo‘lga olindi va uni politsiyaga yaqin kishisi topshirdi”, deya ta’kidladi. Shuningdek, Tramp marhum Charli Kirkning oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni Charli Kirkga suiqasd uyushtirilgan va u jarohatlar oqibatida shifoxonada vafot etgan edi. Hodisa ortidan Federal qidiruv byurosi qotilni qidirish uchun jamoatchilikka murojaat qilib, ishonchli ma’lumot uchun 100 ming dollar mukofot e’lon qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Charli Kirk qotili deb gumonlangan shaxs qo‘lga olindi