date

ChatGPT Nepal bosh vazirligiga sobiq sudyani taklif qildi

ChatGPT Nepal bosh vazirligiga sobiq sudyani taklif qildi

Nepalda yoshlar qo‘zg‘oloni butun mamlakatni titratdi. Maktab o‘quvchilari va talabalar hukumatning yonib turgan binosi fonida suratga tushib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishdi. Atigi bir necha soat ichida ushbu fotosurat 300 mingdan ziyod layk yig‘ib, global muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Yoshlar internet va ijtimoiy tarmoqlarni cheklashga qarshi chiqishdi. Natijada mamlakatdagi siyosiy tizim butunlay izdan chiqdi. Vazirlar o‘z lavozimlarini tashlab, chet elga qochishga majbur bo‘ldi. Davlat darajasidagi muhokamalar esa Discord platformasiga ko‘chdi.

Eng qizig‘i shundaki, yangi bosh vazir masalasi ham internet orqali hal qilinishi mumkin. Yoshlar va fuqarolarning katta qismi ChatGPT yordamida nomzod tanlash g‘oyasini ilgari surishdi.

Neyrotarmoq bu lavozim uchun sobiq bosh sudya — 73 yoshli Sushila Karkini eng munosib shaxs sifatida ko‘rsatdi. Uning fikricha, Karki turli siyosiy guruhlarning ishonchini qozona oladigan va mamlakatda zarur islohotlarni amalga oshirishga qodir tajribali shaxs hisoblanadi.

Nepalda yuz bergan bu voqealar nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro maydonda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlarning isyoni yangi siyosiy sahifa ochishi mumkin, deb baholanmoqda. Shu bilan birga, internet orqali boshqaruv va sun’iy intellekt yordamida qaror qabul qilish g‘oyasi jahon hamjamiyatida ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Nepal yoshlari o‘z harakati bilan tarixga kirishi aniq. Endi ularning qo‘lida faqat hokimiyat emas, balki butun mamlakatning kelajagi turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ChatGPT Nepal bosh vazirligiga sobiq sudyani taklif qildi