Yevropa Ittifoqi tarixida eng yirik operatsiya sifatida qayd etilgan voqea yuz berdi. Yevropa davlat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, Gretsiyaning Pirey portida Xitoydan kelgan 2435 ta yuk tashish konteyneri musodara qilindi. Bu operatsiya noqonuniy savdo va kontrabandaga qarshi kurashda jiddiy qadam sifatida baholanmoqda.
Politico nashri yozishicha, ushbu operatsiya Yevropa Ittifoqi hududida hozirgacha amalga oshirilgan eng katta musodara hisoblanadi. Konteynerlarda asosan elektr velosipedlar, to‘qimachilik mahsulotlari, poyabzallar va iste’mol tovarlari bo‘lgan. Ular rasmiy ruxsatsiz aylanish uchun kiritilgan va bojxona organlari nazoratidan qochirilgan.
Yevropa davlat prokuraturasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tovarlarning noqonuniy aylanishi tashkil etilgani uchun olti nafar shaxsga rasman ayblov e’lon qilingan. Tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, agar ushbu tovarlar rasmiy qayd etilmasdan Yevropa bozoriga kiritilganida, Ittifoq davlatlari budjetlari bojxona to‘lovlari va qo‘shilgan qiymat solig‘idan qariyb 800 million dollar yo‘qotishi mumkin edi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, Yevropaga noqonuniy tovarlarni kiritish nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki ichki bozorda raqobat muvozanatini ham buzadi. Arzon, lekin sertifikatsiz mahsulotlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, bunday mahsulotlar ko‘p hollarda xavfsizlik talablariga javob bermaydi va iste’molchilar uchun xavfli bo‘lishi ehtimolini kuchaytiradi.
Yevropa Ittifoqi Xitoy konteynerlarini rekord darajada musodara qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar