date

Misr «Arab NATO»si tuzish tashabbusini qayta ko‘tardi

Misr «Arab NATO»si tuzish tashabbusini qayta ko‘tardi

Misr hukumati yaqinda arab davlatlari orasida yangi harbiy ittifoq – shartli ravishda «Arab NATO»si deb atalishi mumkin bo‘lgan tuzilmani yaratish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda World Israel News nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur g‘oya ilk bor qariyb to‘qqiz yil muqaddam o‘rtaga tashlangan, ammo amalga oshmay qolgandi. Keyinchalik, Isroilning Qatarga yo‘llagan zarbasidan so‘ng bu masala yana dolzarblik kasb eta boshladi.

Qohiraning taklifiga ko‘ra, agar yangi ittifoq tuzilsa, Misr unga 20 mingga yaqin harbiy xizmatchisini yo‘naltirishga tayyor. Shu bilan birga, ulardan «zarurat tug‘ilganda foydalanish imkoniyati»ni ta’minlaydigan va arab mamlakatlari armiyalari hamda aholisiga mos tarzda shakllantiriladigan maxsus mexanizm ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Nomi oshkor etilmagan misrlik rasmiy ta’kidlaganidek, ushbu harbiy birlashmani boshqarishda yetakchi maqomini Misr o‘z zimmasiga olish niyatida. Undan keyingi darajada Saudiya Arabistoni turishi mumkin, so‘ngra esa Fors ko‘rfazi davlatlaridan biri asosiy sherik sifatida ko‘rilmoqda.

Shu tariqa, Qohira mintaqada arab davlatlarini yagona mudofaa tizimida birlashtirish orqali geosiyosiy nufuzini oshirishga intilayotgani ko‘zga tashlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misr «Arab NATO»si tuzish tashabbusini qayta ko‘tardi