date

Olimlar XVII asrda qirilgan dodo qushini tiriltirmoqchi

Olimlar XVII asrda qirilgan dodo qushini tiriltirmoqchi
Ilm-fan olamida sensatsiya sifatida qabul qilingan yangilikka ko‘ra, AQSHning Colossal Biosciences nomli biotexnologiya startapi XVII asrda butunlay yo‘q bo‘lib ketgan dodo qushini qayta tiriltirish loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Bloomberg nashri tarqatgan xabarda aytilishicha, kompaniya bu maqsadga yetib borish uchun yetti yil muddat belgilagan.

Kompaniya olimlari allaqachon dodoning eng yaqin qarindoshlaridan biri hisoblangan kaptar turidan olingan birlamchi jinsiy hujayralarni laboratoriya sharoitida yetishtirishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu tajriba kelgusida dodoni genetik jihatdan qayta yaratish imkonini ochib berishi mumkin.

Colossal Biosciences loyihani amalga oshirish uchun 120 million dollardan ortiq mablag‘ jalb etgan va shu tariqa kompaniyaning umumiy moliyalashtirish hajmi 555 million dollarga yetgan. Startapning bozor qiymati esa 10,3 milliard dollarga baholanmoqda. Yaqin yillarda Texas shtatida maxsus qushlarni o‘rganish va genetik tadqiqot markazini qurish ham rejalashtirilgan.

Bu startap avvalroq “qo‘rqinchli bo‘ri”ni qayta tiriltirish orqali ham ko‘pchilik e’tiborini qozongan edi. Olimlar toshga aylangan qoldiqlardan olingan namuna va zamonaviy kulrang bo‘rilarning genlarini uyg‘unlashtirib, ancha kattaroq hajmdagi yangi turni dunyoga keltirishgan. Ushbu tajriba natijasida hozirgi bo‘rilardan 20–25 foizga kattaroq bo‘lgan hayvonlar yaratilgan. Biroq bu loyiha keng bahslarga sabab bo‘lgan, chunki ayrim mutaxassislar ta’kidlashicha, yaratilgan yangi tur haqiqiy qo‘rqinchli bo‘ri emas, balki ularning uzoq qarindoshiga yaqin bo‘lgan genetik kombinatsiyadir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar XVII asrda qirilgan dodo qushini tiriltirmoqchi