date

AQSHdan Ukrainaga ilk harbiy texnika partiyasi yetib bordi

AQSHdan Ukrainaga ilk harbiy texnika partiyasi yetib bordi
Ukrainaga AQSH va NATO tashabbusi doirasida tayyorlangan ustuvor ehtiyojlar ro‘yxati — PURL (Prioritized Ukraine Requirements List) dasturi asosida harbiy yordam yetkazib berildi. Bu haqda "RBK-Ukraina" nashriga NATO vakili ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar mazkur dastur doirasida to‘rtta paket moliyalashtirilgan. Birinchi yordam partiyalaridan ayrim jihozlar allaqachon Ukrainaga yetkazilgan bo‘lsa, yana ko‘plab texnikalar hozirda yo‘lda ekani ta’kidlandi.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy PURL dasturining dastlabki yordam paketlari Patriot havo mudofaa tizimi hamda HIMARS zalpli o‘t ochish tizimi uchun raketalarni o‘z ichiga olishini ma’lum qilgan edi.

Shu tariqa, Kiyevga yo‘naltirilgan yangi harbiy yordam nafaqat Ukraina armiyasining mudofaa salohiyatini mustahkamlaydi, balki hozirgi sharoitda NATO va AQSHning qo‘llab–quvvatlash siyosatini yana bir bor namoyon etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHdan Ukrainaga ilk harbiy texnika partiyasi yetib bordi