date

Saudiya va Pokiston mudofaa kelishuvidan so‘ng yangi qadamlar muhokamada

Saudiya va Pokiston mudofaa kelishuvidan so‘ng yangi qadamlar muhokamada
Yaqin kunlarda Pokiston armiyasining Saudiya Arabistoni hududida to‘xtovsiz yoki vaqtinchalik joylashishi ehtimoli haqida so‘z ketmoqda. Bu xaqda Al Jazeera telekanali ma’lumot tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, masala faqat harbiy mashg‘ulotlar va tayyorgarlik dasturlarini kengaytirish bilan cheklanib qolmayapti. So‘nggi muzokaralarda Saudiya yerlarida pokistonlik harbiy kontingentning to‘g‘ridan to‘g‘ri joylashishi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Hozircha rasmiy qaror qabul qilinmagan. Biroq ushbu masalaning kun tartibiga qo‘yilishi ikki davlat aloqalarida yangi davrning boshlanishi sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, 17 sentyabr kuni Er-Riyod va Islomobod o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolagan edi. Unga ko‘ra, ikki davlatdan qay biriga tajovuz qilinsa, bu har ikkala mamlakatka hujum qilingan deb hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya va Pokiston mudofaa kelishuvidan so‘ng yangi qadamlar muhokamada