
Moskvaning “Kolomenskaya” metro bekatida portlash sodir bo‘lgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash bekatning janubiy vestyublida, payvandlash ishlari olib borilayotganda ro‘y bergan. Portlash oqibatida olti kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari og‘ir kuyish tan jarohati olgan, yana bir nafar odam juda og‘ir ahvolda.
Ta’mirlash ishlari olib borayotgan “Rost E” kompaniyasi o‘z faoliyatidan chetlatildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Kolomenskaya” metrosining janubiy vestibyuli vaqtincha yopib qo‘yildi. Shu sababli fuqarolarning hayotiga hech qanday xavf yo‘q edi.
Portlash oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in besh kvadrat metr joyga tarqaldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar