Polsha ichki ishlar rahbari Marchin Kervinski 25 sentyabrga o‘tar kechasi Belarus bilan chegara o‘tish punktlarini yana ishga tushirish haqida qaror chiqardi.
Ma’lumot uchun, mazkur chegara o‘tish punktlari 12 sentyabrdan buyon "Zapad-2025" harbiy mashg‘ulotlari munosabati bilan vaqtincha yopiq holatda edi.
Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ma’lumotda:
"Bugun tungi soat 00:00 dan (Toshkent vaqti bilan 25 sentyabr 03:00) boshlab Belarus bilan chegara o‘tish yo‘laklari yana ochiladigan bo‘ldi. Bu haqdagi buyruq hozirgina imzolandi", — deya qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar