AQSHning prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroga to‘xtalib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar Moskva bilan kelishuvga rozi bo‘lmasa, Rossiyaga nisbatan yirik bojlar joriy etilishi mumkin.
Tramp ta’kidlashicha, Yevropa mamlakatlari ham Rossiyadan energiya sotib olishni to‘xtatishi shart.
— Yevropa Rossiyaga qarshi turolmaydi va uning energiya manbalariga bog‘liqligini davom ettira olmaydi. Bu haqiqatdan ham sharmandalik, — dedi u.
Trampning fikricha, Yevropa hali ham Moskvaga qaram bo‘lib qolmoqda va bu holatni keskin o‘zgartirish lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar