date

Tramp: Ukraina o‘z yerlarini to‘liq qaytarishi mumkin

Tramp: Ukraina o‘z yerlarini to‘liq qaytarishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina Yevropa Ittifoqi va NATO yordamida bosib olingan barcha hududlarni qaytarib olishi mumkinligini ta’kidladi.

U Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng bayonot berdi.

— Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamda iqtisodiy vaziyatni chuqur tahlil qilgach, shuni ayta olamanki, Ukraina Yevropa qo‘llovi bilan o‘z yerlarini asl holatiga qaytarishi mumkin. Sabr-toqat va moliyaviy yordam bilan, ayniqsa NATO ko‘magida, nega urushdan oldingi chegaralarga qaytish mumkin emas? — deb yozdi Tramp.

Prezidentning fikricha, Rossiya 3,5 yil davomida qisqa vaqt ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan urushda samarasiz kurash olib bordi:

— Aslida, ular “qog‘oz yo‘lbars”ga o‘xshab qolishdi. Putin va Rossiya hozir ulkan iqtisodiy inqirozga duch keldi. Endi Ukraina uchun harakat qilish vaqti keldi, — dedi u.

Tramp shuningdek, ikki davlatga ham tinchlik tilashini bildirib, NATOdan Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etishini istashini ta’kidladi:

— Hamma uchun omad! — deya o‘z fikrlarini yakunladi AQSH rahbari.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Ukraina o‘z yerlarini to‘liq qaytarishi mumkin