Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh assambleyasida Rossiya Ukrainada to‘xtatilmasa, boshqa mamlakatlarga ham tajovuz qilishi mumkinligini aytdi.
U ittifoqchilarni birlashishga va Ukrainaga ko‘proq yordam berishga chaqirdi. Zelenskiy yangi qurollar va dronlar global xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi.
Prezident Yevropani Moldova va boshqa qo‘shni davlatlarni Rossiya ta’siriga topshirib qo‘ymaslikka undadi. So‘nggi paytda Estoniya, Polsha va Ruminiya Rossiya dronlari havo hududini buzganini bildirdi.
Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvini ijobiy baholab, Vashington Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishini aytdi. Tramp esa Kiyev o‘z hududlarini qaytarib olishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar