date

38-yil begunoh qamalgan amerikalikka 25 million tovon to‘landi

38-yil begunoh qamalgan amerikalikka 25 million tovon to‘landi

Kaliforniyada yuz bergan noodatiy hodisa butun jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Sodir etmagan jinoyati uchun 38-yil umrini temir panjaralar ortida o‘tkazgan Moris Hastingsga davlat tomonidan 25 million dollar miqdorida tovon puli to‘landi. The Guardian yozganidek, bu Kaliforniya tarixida noqonuniy hukm uchun amalga oshirilgan eng katta miqdordagi to‘lovdir.

Hastings uzoq yillar davomida aybsizligini isbotlash uchun adolat izlab yurdi. U 1983-yilda Roberta Uaydermayer nomli ayolni o‘ldirishda aybdor deb topilib qamoqqa hukm qilingan edi. Biroq 2022-yilda o‘tkazilgan DNK ekspertizasi uning mutlaqo aybsiz ekanini ko‘rsatdi. Aslida jinoyat joyida qolgan izlar boshqa shaxsga tegishli bo‘lib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, DNK dalili Roberta Uaydermayer o‘limidan ko‘p o‘tmay hibsga olingan va keyinchalik bir qator jinoyatlar uchun qamalgan Kennet Paknettga tegishli bo‘lgan. Uning qo‘lidan marhumaning ashyolari ham topilgan, biroq o‘sha vaqtda politsiya va prokuratura bu izlarni e’tiborsiz qoldirib, aybni Hastings zimmasiga yuklagan. Paknett 2020-yilda qamoqxonada vafot etgan.

Faqat 2000-yilda Hastings talab qilgan DNK tekshiruvi oradan 21-yil o‘tib amalga oshirildi va natijalar haqiqiy qotilni ko‘rsatdi. 2023-yilda sud rasman uni aybsiz deb topdi.

— «Mendan o‘g‘irlangan 38-yil umrni hech qanday pul qaytara olmaydi», — dedi 72 yoshli Hastings sud qaroridan keyingi intervyusida.

Uning advokati Nik Brastin esa, bu voqea butun mamlakat huquq-tartibot organlari uchun saboq va ogohlik sifatida xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi.

Shu tariqa, bir insonning aybsizlik uchun olib borgan ko‘p yillik kurashi nafaqat shaxsiy adolatni tikladi, balki tizimdagi katta xatolarni ham ko‘rsatib berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 38-yil begunoh qamalgan amerikalikka 25 million tovon to‘landi