SABAH nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil avgust oyida Turkiyaning Eskishehir shahrida yosh yigit qo‘liga pichoq va bolta olib, hujumga qarshi shlem kiygan holda kafeda o‘tirgan tasodifiy odamlarga tashlandi. Eng dahshatlisi, u jiletiga mahkamlangan mobil telefon orqali ijtimoiy tarmoqlarda voqeani jonli efirda namoyish etdi.
Uning shafqatsiz hujumi oqibatida 52 yoshdan 88 yoshgacha bo‘lgan besh kishi turli jarohatlar oldi. Bu holat mamlakat ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tdi. Prokuratura ayblanuvchi Arda Kyuchyukyetimni keksalarni qasddan nishonga olganlikda, qotillikka suiqasd va odamlarni xavf ostiga qo‘yishda aybladi. Dastlab u 108-yilga qamoqqa hukm etilishi so‘ralgan.
Biroq Eskishehir og‘ir jinoyat ishlari sudi chiqargan yakuniy qarorga ko‘ra, Arda Kyuchyukyetim 75-yil 5 oylik ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Turkiya matbuoti yosh yigitning harakatlari va uning PUBG kompyuter o‘yinidan ilhomlangani o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini alohida ta’kidladi. Bu holat zamonaviy texnologiya va virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri haqidagi bahslarni yanada kuchaytirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!