date

Ukraina va Suriya munosabatlari BMT doirasida tiklandi

Ukraina va Suriya munosabatlari BMT doirasida tiklandi
Ukraina va Suriya 2025 yil 25-sentyabr kuni diplomatik aloqalarni tiklash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasi doirasida Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad Ash-Shara bilan uchrashuvdan so‘ng bu haqda ma’lum qildi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina va Suriya o‘zaro kommyunike imzolab, rasmiy munosabatlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. U bu qadamni qo‘llab-quvvatlab, Suriyaga barqarorlik yo‘lida ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda xavfsizlik tahdidlari, ikki davlat o‘rtasida istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar munosabatlarni o‘zaro hurmat va ishonch asosida mustahkamlashga kelishib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Ukraina 2022 yilda Suriya prezidenti Bashar Asad Donetsk va Luganskni mustaqil davlat sifatida tan olganidan so‘ng Damashq bilan diplomatik munosabatlarni uzgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina va Suriya munosabatlari BMT doirasida tiklandi