date

Tramp Vashingtonda o‘lim jazosini tiklashga imzo chekdi

Tramp Vashingtonda o‘lim jazosini tiklashga imzo chekdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington shahrida o‘lim jazosini qayta tiklash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu chora 1981 yilda shahar kengashi tomonidan bekor qilingan edi.

Oq uy bayonotiga ko‘ra, «Tramp AQSH Bosh prokurori va Kolumbiya okrugi prokuroriga eng og‘ir jinoyatlarning oldini olish va jazolash maqsadida federal o‘lim jazosi qonunlarini to‘liq amalga oshirishni ko‘rsatuvchi prezident memorandumini imzoladi».

Qotillikda ayblangan jinoyatchilar endilikda qatl etilishi mumkin. O‘lim jazosini tiklashning asosiy sababi shaharda jinoyatchilik darajasining yuqoriligidir. Tramp bir necha bor AQSH poytaxtida xavf darajasi pasaymasligidan norozilik bildirgan.

Oq uy ta’kidlashicha, «Kolumbiya okrugida so‘nggi yillarda yuritilgan yumshoq siyosat jinoyatchilikning ko‘payishiga sabab bo‘ldi va aholi, tashrif buyuruvchilar hamda federal idoralarni xavf ostiga qo‘ydi. Vashington mamlakatdagi eng xavfli shaharlardan biriga aylandi».

AQSH Bosh prokurori Pam Bondi o‘lim jazosini mamlakat bo‘ylab kengaytirish harakatini allaqachon e’lon qilgan. «Biz buni nafaqat Vashingtonda, balki butun AQSH bo‘ylab amalga oshiramiz», — dedi u, deb xabar berdi CNN.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Vashingtonda o‘lim jazosini tiklashga imzo chekdi