Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx ma’lum qilishicha, mamlakat birinchi marta Agni-Prime o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketasini mobil temir yo‘l qurilmasidan muvaffaqiyatli ravishda uchirdi.
Vazirning ta’kidlashicha, temir yo‘l platformasidan raketa sinovi Hindistonning strategik to‘xtatib turish salohiyati tobora ortib borayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, mamlakat mobil temir yo‘l qurilmalaridan raketa uchirishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga qo‘shildi.
Agni-Prime ballistik raketasi Hindistonning yangi avlod raketa tizimlari doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, u 2000 kilometrgacha uzoqlikdagi nishonlarni aniq yo‘q qilish qobiliyatiga ega. Tahlilchilarning fikricha, ushbu sinov Hindiston mudofaa strategiyasida muhim bosqich hisoblanadi.
Hindiston birinchi marta raketa uchirishda temir yo‘l platformasidan foydalandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar