Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro BMT bosh qarorgohini Nyu-Yorkdan ko‘chirish taklifini ilgari surdi. Bu holat unga AQSH vizasi bekor qilinganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Prezidentning ta’kidlashicha, BMT Bosh Assambleyasida qatnashuvchi davlat rahbarlari to‘liq daxlsizlik huquqiga ega bo‘lishi kerak. Biroq unga vizaning bekor qilinishi va Falastin hukumatiga kelishga ruxsat berilmagani AQSHning xalqaro huquq me’yorlariga amal qilmayotganini ko‘rsatdi.
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohi Nyu-Yorkda qolishi mumkin emas», — deb yozdi Kolumbiya prezidenti o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida. Ma’lumotlarga ko‘ra, Petro Nyu-Yorkdagi Falastin tarafdorlari namoyishida ishtirok etgani uchun vizasi bekor qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar