26 sentyabr kuni Rossiya Adliya vazirligi xorijiy agentlar reyestrini yangiladi. Yangi ro‘yxatga kinotanqidchi Zinaida Pronchenko ham kiritildi.
Ведомство saytida qayd etilishicha, Pronchenko xorijiy agentlar materiallarini tayyorlash va tarqatishda ishtirok etgan, Rossiya hukumatining qaror va siyosatlari haqida “ishonchsiz ma’lumotlar” tarqatgan hamda Ukrainadagi maxsus operatsiyaga qarshi chiqqan. Shuningdek, u hozirda Rossiyadan tashqarida istiqomat qilayotgani ham aniqlangan.
Yangilangan ro‘yxatga shuningdek media-menejer Demyan Kudryavsev, jurnalist Andrey Kalitin, Pussy Riot advokati Dmitriy Zaxvatov va mustaqil adabiy mukofot — «DAR» ham kiritildi.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar ham xorijiy agentlar yoki Rossiyada nomaqbul tashkilotlar bilan bog‘liq materiallarni yaratish va tarqatishda qatnashgan. Ular, shuningdek, Rossiya davlat organlari qabul qilgan qarorlar va siyosatga oid “asossiz ma’lumotlar”ni tarqatgan.
Ma’lumot uchun, Zaxvatov Ukraina harbiylari uchun mablag‘ to‘plashga qaratilgan loyihaga rahbarlik qilayotgani ham qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!