date

Portlend rahbariyati Tramp harakatlarini Konstitutsiyaga zid deb hisobladi

Portlend rahbariyati Tramp harakatlarini Konstitutsiyaga zid deb hisobladi

Oregon shtati va uning eng yirik shahri Portlend rahbariyati AQSH hukumatiga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

28 sentyabr, yakshanba kuni taqdim etilgan arizada qayd etilishicha, prezident Donald Tramp norozilik aksiyalariga javoban Milliy gvardiya askarlarini federal xizmatga jalb qilish orqali o‘z vakolatlaridan chiqib ketgan.

Advokatlar ta’kidlashicha, bunday qaror AQSH Konstitutsiyasi tamoyillariga zid bo‘lib, tartibsizliklarni barqarorlashtirish o‘rniga jamoat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. «Javobgarlarning provokatsion va o‘zboshimchalik harakatlari norozilik kayfiyatini kuchaytirib, xavfsizlikka putur yetkazishi ehtimoldan xoli emas», — deyiladi hujjatda.

Da’vo arizasida prezident Tramp, mudofaa vaziri Piter Xegset, ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem hamda tegishli federal idoralar javobgar sifatida ko‘rsatilgan.

Shu kunning o‘zida mudofaa vaziri Xegset Oregon Milliy gvardiyasining 200 nafar askarini «darhol 60 kunlik muddatga federal burchga chaqirish» haqida memorandum e’lon qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Portlend rahbariyati Tramp harakatlarini Konstitutsiyaga zid deb hisobladi