Nigeriyaning Zamfara shtatida yuz bergan fojeali voqea oqibatida 13 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Qattiq minerallar vazirligi matbuot kotibi Segun Tomori ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, halokat Jabaka qishlog‘ida joylashgan konda sodir bo‘lgan. Qulagan kon oqibatida o‘nlab odamlar turli darajada jarohat olgan.
Tomori aytishicha, vazir Dele Alake bu voqeani ham “oldini olish mumkin bo‘lgan”, ham “qayg‘uli” deb baholagan. Shu bilan birga, u qutqaruv ishlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng mazkur kon yopilishi shartligini ta’kidlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar