“Tolibon” muvaqqat hukumatining rasmiy vakili Abdul Matin Qoniy Afg‘onistondagi xavfsizlik vaziyati haqida bayonot berdi. Unga ko‘ra, mamlakat hududida ISHID guruhiga oid barcha buzg‘unchi faoliyatlar to‘liq ravishda bartaraf etilgan.
Abdul Matin Qoniy ta’kidlashicha, xavfsizlik va maxsus xizmat organlari chegara hududlarini qat’iy tarzda nazoratda ushlab turibdi. Shu sababdan bu masalada ortiqcha xavotirga asos yo‘qligi aytib o‘tildi.
“Tolibon” vakiliga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘onistonda xavfsizlik tizimini mustahkamlash ishlari davom etmoqda va mamlakat aholisi tinch hayot kechirishi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar