Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyadagi mavjud hukumatni o‘zgartirish niyatiga ega emas. Bu haqda mamlakatning Suriya bo‘yicha maxsus vakili hamda Anqaradagi elchisi Tom Barak ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Suriyaga qo‘shin yuborishni ham rejalashtirmayapti. Asosiy maqsad terrorizmga qarshi samarali kurash olib borish ekani ta’kidlandi.
Barak, shuningdek, amaldagi prezident Ahmad al-Shaaraning siyosiy kelajagiga ishonch bildirar ekan, quyidagicha izoh berdi:
«Men unga ishonaman. Uning maqsadlari bizning ustuvor yo‘nalishlarimizga hamohang — Suriyada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash. Biroq turli etnik va siyosiy manfaatlar jarayonni murakkablashtirishi tabiiy».
Shu tariqa, AQSHning Suriya bo‘yicha pozitsiyasi hukumatni almashtirish emas, balki xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgani yana bir bor ta’kidlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!