Yangi Zelandiyada mushuklar va itlar uchun alkogolsiz vino ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, unda limon yalpizi kayfiyatni ko‘tarish uchun asosiy tarkibiy qism hisoblanadi, deb xabar bermoqda Kyodo agentligi.
Muttley’s Estate kompaniyasi "Sovinon Lay" va "Murmur Nuar" kabi nomlar bilan vinolarni taklif qiladi. Ichimliklar mushuklarda ham, itlarda ham muvaffaqiyat qozonadi. Hozirda vinolar faqat Yangi Zelandiyada 150 ml shishasi uchun 7,61 dollardan sotilmoqda, ammo ularni Avstraliya va Qo‘shma Shtatlarda sotish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bu mahsulot ayniqsa uy hayvonlari kuchli shovqin yoki momaqaldiroqdan qo‘rqqanida foyda beradi. Shu bilan birga, u insonlar uchun ham “qo‘shaloq dam olish” imkonini yaratadi: ishdagi stressli kundan keyin odamlar o‘zini bir bokal sharob bilan tinchlantirsa, endi ularning uy hayvonlari ham qo‘shilishi mumkin.
Aksariyat ishlab chiqaruvchilar to‘rt oyoqli do‘stlar uchun ichimlik tayyorlashda suyak bulyonidan foydalansa, Muttley's Estate limon balzamini tanladi. Bu o‘simlikning xossasi mushuklarni shodon va o‘ynoqi qiladi, itlarga esa tinchlanishga yordam beradi.
Yangi ixtiro nafaqat hayvonlar kayfiyatini yaxshilaydi, balki egalarga ham ular bilan yanada yaqin dam olish imkoniyatini taqdim etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!