date

AQSH Eronni qo‘llovchilarga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi

AQSH Eronni qo‘llovchilarga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi

AQSH Moliya vazirligi Eron harbiy-sanoat tizimini ta’minlab kelayotgan kompaniya va shaxslarga nisbatan navbatdagi sanksiyalarni e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda 21 ta kompaniya va 17 nafar jismoniy shaxs cheklovlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ular Eronning harbiy ehtiyojlari uchun texnologiya va uskunalar yetkazib berishda ayblanayotgani ta’kidlanmoqda.

Cheklovlar Eron, Xitoy, Gonkong, Germaniya, Turkiya, Portugaliya va Urugvayda faoliyat yuritayotgan, ballistik raketalar, havo mudofaa tizimlari, vertolyot va harbiy samolyotlar uchun jihoz yetkazib beruvchi tarmoqlarga tegishli.

AQSH hukumatining aytishicha, ushbu tarmoqlar Eronning harbiy qudratini oshirishga xizmat qilib, amerikalik harbiylar, kemalar va fuqarolar xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Sanksiyalangan kompaniya va shaxslarning AQSH hududidagi barcha aktivlari muzlatilib, ular bilan moliyaviy operatsiyalar taqiqlanadi. Qonunbuzarliklar fuqarolik yoki jinoiy javobgarlikka, shu jumladan xorijiy banklar uchun ikkinchi darajali sanksiyalarga olib kelishi mumkinligi ham qo‘shimcha qilingan.

Jamoatchilikda bu qaror AQSH va Eron munosabatlaridagi navbatdagi keskin qadam sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Eronni qo‘llovchilarga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi