Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Valday» xalqaro munozara klubi yig‘ilishida davlatining qudratini yana bir bor namoyish etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar kimdir Rossiya bilan harbiy va siyosiy sohada «o‘chakishmoqchi» bo‘lsa, u holda Rossiya har doim o‘z pozitsiyasini qat’iy namoyish qiladi.
Putinning ta’kidlashicha, Rossiya o‘z milliy xavfsizligi, tinchligi, fuqarolarining osoyishtaligi va suverenitetiga tahdid paydo bo‘lsa, javobni darhol beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, provokatsiya qilish kerak emas, chunki u, avvalo, provokatorning o‘zi uchun yomon tugaydi.
«Tariximiz isbotladi, zaiflikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Chunki zaiflik har qanday muammoni kuch bilan hal qilish haqida xato tasavvurni yaratadi. Rossiya o‘z suverenitetini va davlatchiligini himoya qilishda har doim qat’iy bo‘lgan», deb ta’kidladi Putin.
Shuningdek, Putin Yevropa mamlakatlarining harbiylashtirish siyosatiga qarshi javob qaytarishini ma’lum qildi. U Yevropa uchun har qanday tahdidlarga ishonchli javob qaytarish zarurligini qayd etdi. «Biz harbiy qarama-qarshilik tashabbuskori bo‘lmaganmiz. Har qanday harbiy qadamlar ma’nosiz va shunchaki bema’ni», dedi Rossiya prezidenti.
Putinning bu so‘zlari jahon siyosiy arenasida Rossiyaning pozitsiyasini yana bir bor mustahkamladi va kelajakdagi tahdidlarga karshilik ko‘rsatishdagi qat’iyatini namoyish etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!