Marokash Bosh vaziri Aziz Axannush mamlakatning kamida 11 shahrini qamrab olgan yoshlar noroziliklarini to‘xtatish uchun muloqotga tayyorligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, barcha muammolarni hal qilishning yagona yo‘li — ochiq muloqot.
Axannush hukumat yoshlar qo‘ygan talablarga javob berganini va muzokaralarga tayyor ekanini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Gen Z 212 harakati tashabbusi bilan boshlangan namoyishlar dastlab ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish talabi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik ular 2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik uchun katta budjet xarajatlariga ham qarshilik bildirishdi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tartibsizliklar paytida 3 kishi halok bo‘lgan, 350 dan ziyod odam jarohat olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!