date

Kosmosda rekord darajada o‘sgan sirli sayyora topildi

Kosmosda rekord darajada o‘sgan sirli sayyora topildi

Olimlar Yerdan 620 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan Xameleon yulduz turkumida hayratlanarli manzaraga duch kelishdi. Cha 1107-7626 nomli sayyora ulkan tezlikda kosmik modda va changni o‘ziga torta boshladi. Hatto olimlar bu holatni “rekord darajadagi akkretsiya” deb baholashdi.

Mazkur sayyora yulduz tizimiga kirmagan, mustaqil holda mavjud bo‘lgan osmon jismidir. Oddiy holda bunday obyektlar moddani sekin yig‘adi, ammo bu gal anomal o‘sish qayd etildi. Mutaxassislar fikricha, modda tortilishi sakkiz baravar kuchaygan va avgust oyida eng yuqori cho‘qqiga yetgan.

Hozirgi vaqtda u Yupiterdan 5–10 marta kattaroq. Bosh tadqiqotchi doktor Viktor Almendros-Abad ta’kidlashicha, bu bunday turdagi sayyoralarda kuzatilgan eng kuchli o‘sish jarayoni hisoblanadi. Ushbu kashfiyotni olimlar Yeva Janubiy observatoriyasi va “Jeyms Uebb” teleskopi yordamida qayd etdi.

Qizig‘i shundaki, sayyora atrofida suv bug‘i hosil bo‘lgan va magnit maydoni moddani disktan “itarayotgani” aniqlangan. Ilgari bunday holat faqat yulduzlarning shakllanish jarayonida kuzatilgan.

Haligacha olimlar bu shiddatli o‘sish sababi yuzasidan bahs qilmoqda. Ayrimlar qo‘shni jismlar ta’sirini, boshqalar esa tumanlik ichidagi ichki jarayonlarni taxmin qilmoqda. Ammo shu narsa ravshanki, yangicha kuzatuvlar sayyora va yulduzlar o‘rtasidagi chegarani yo‘qqa chiqarmoqda.

Aslida esa, bu kashfiyot katta gaz gigantlari ham yulduzlar kabi umumiy qonunlar asosida shakllanishini isbotlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kosmosda rekord darajada o‘sgan sirli sayyora topildi