date

Chaqaloqlarga ism topish orqali daromad qilayotgan kaliforniylik ekspert

Chaqaloqlarga ism topish orqali daromad qilayotgan kaliforniylik ekspert

Kaliforniya (AQSH)lik Teylor Hamfri hech kim qilmagan ishga qo‘l urdi. U yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ism topish bilan shug‘ullanadi va shu orqali daromad olishni boshladi, deb yozdi CBS News.

Farzandiga ism tanlashda qiynalayotgan ota-onalar — ayolning asosiy mijozlari. Hamfrining ism o‘ylab topishga bo‘lgan qiziqishi avvaliga shunchaki ermak sifatida boshlangan edi. Vaqt o‘tishi bilan, u bu sohada chinakam ekspertga aylandi.

Bir kuni ijtimoiy tarmoq orqali u bir ayoldan chaqalog‘iga ism topib berishni iltimos qiluvchi xabar oladi. Notanish ayolga yordam berganidan so‘ng, Teylor ismshunos professional faoliyatini boshladi. Mijozlarning ko‘pchiligi uni ijtimoiy tarmoqlarda topadi, uning 100 mingdan ortiq obunachisi bor. Teylorning aytishicha, taniqli odamlarga ham ism tanlashda yordam ko‘rsatgan.

Ayol mijozlar uchun ularning farzandiga mos keladigan ismlar ro‘yxatini tuzadi. Oddiy ro‘yxatning narxi 200 dollardan boshlanadi, maxsus VIP-paket esa ming dollargacha yetishi mumkin.

Teylor Hamfrining g‘oyasi kundan kunga ommalashib borayotgani va ism tanlashning yangicha yo‘llari ota-onalar uchun katta qulayliklar yaratmoqda. Bu yangi biznes sohasi odamlarga shunday oddiy, lekin muhim xizmatni taqdim etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chaqaloqlarga ism topish orqali daromad qilayotgan kaliforniylik ekspert